Eron terma jamoasi har bir o‘yindan so‘ng AQShdan chiqib ketishga majbur bo‘ladi
Forslar jahon chempionatining guruh bosqichidan o'rin olgan 3ta uchrashuvning barchasini AQShda o'tkazadi.
Eron milliy terma jamoasi jahon chempionatida ham qiyinchiliklarga duch keladigan bo‘ldi. Forslar har bir uchrashuv yakunlanganidan so‘ng AQSh hududini tark etishi lozim. Avvalroq Eron terma jamoasining mashg‘ulotlar bazasi Qo‘shma Shtatlardan Meksikaga ko‘chirilgani xabar qilingan edi.
"Biz ertalab AQSh kirishimiz va o‘sha kunning o‘zida chiqib ketishimiz kerak", - dedi Eronning Meksikadagi elchisi.
Forslar 15-iyun kuni Los-Anjelesda Yangi Zelandiyaga qarshi bahs olib boradi. 21-iyun sanasida ham aynan Los-Anjelesda Belgiyaga qarshi maydonga tushishi kerak. Oradan 5 kun o‘tib esa so‘nggi turdi Sietlda Misr bilan kuch sinashishiga to‘g‘ri keladi.