Eron parlamenti a’zolari O‘zbekistonga keldi
Bugun Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisi raisi Muhammad Boqir Qolibof boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga rasmiy tashrif bilan keldi. Yuqori martabali mehmonni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov kutib oldi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Oliy Majlis palatalari rahbarlari bilan uchrashishi, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi tarixiy va me’moriy obidalarni ziyorat qilishi, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarning asosiy qismi ertaga — 13 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Mazkur uchrashuvlar haqida O‘zA batafsil ma’lumot berib boradi.
O‘zA