Eron kuzatuv tahdidi sharoitida yuqori lavozimli amaldorlar aqlli soat taqishini xohlamayapti
Eronning yuqori lavozimli amaldorlari ommaviy tadbirlarda aqlli soat taqib yurishi jiddiy tanqidga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni, bunday qurilmalar xorijiy razvedka idoralari tomonidan kuzatuv va suiqasd uchun qo‘l kelishidan xavotir kuchaygan.
Bu haqda “Al Hadath” nashri eronlik konservativ siyosiy sharhlovchi Ali G‘ulhaqqiyga tayanib xabar bergan. Tahlilchi so‘zlariga ko‘ra, bunday gadjetdan foydalanayotgani aniqlangan amaldorlar orasida Sust mudofaa tashkiloti rahbari G‘ulom Jaloliy, muhim infratuzilmani kiber hujumdan himoya qilish uchun mas’ul shaxs Rizo Farohiy va Oliy Rahbar maslahatchisi Ali Shamxoniy ham bor.
Ta’kidlanishicha, “GPS, Bluetooth”, “Wi-Fi”, mikrofon va sensor bilan jihozlangan zamonaviy aqlli soatlar geolokatsiya ma’lumotini uzluksiz ravishda uzatish va ulangan telefon orqali audio oqimni ushlab qolish imkonini beradi.
Amaldagi qoida Islom Respublikasi davlat xizmatchisiga jamoat tarmog‘iga kirish imkoniga ega qurilmadan foydalanish qat’iyan taqiqlangan.
Isroilning Livandagi keng ko‘lamli “peyjer hujumi”dan keyin Eronda ham ichki munozara kuchaygan. Jamoatchilik va konservativ doiralar Isroil tomonidan ehtimoliy ma’lumot o‘g‘irlash va suiqasdga urinish holatlarining oldini olish uchun mamlakat yuqori rahbariyati orasida “raqamli gigiyena” ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish talab qilinmoqda.
S.Rahimov, O‘zA