Eron bilan urush davrida Osiyodan AQSHga yuk tashish narxi 109 foiz oshdi
“Bloomberg” nashri yozishicha, so‘nggi haftalarda yonilg‘i qimmatlab, Osiyoning ba’zi portlarida tirbandlik yuzaga kelgan. Okean yukini bron qilish mavsumi eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilishi oldidan talab ortib, narx keskin oshgan.
Ma’lumotga ko‘ra, Osiyodan Shimoliy Yevropaga 40 futlik konteyner uchun 3649 dollar so‘ralyapti. Bu avvalgi haftaga nisbatan 27 foiz ko‘p.
AQSH g‘arbiy sohiliga yuk tashish narxi 20 foiz ko‘tarilib, 3933 dollarga yetdi. Bu raqamlar bir necha shaharlararo yo‘nalish bo‘yicha so‘nggi muvofiqlashtirilgan ma’lumotga mos. Ya’ni narx so‘nggi haftada yillik eng yuqori darajaga keskin сакраган.
Hurmuz bo‘g‘ozi to‘sib qo‘yilishi tufayli yuk boshqa yo‘nalish orqali tashilishi Janubi-sharqiy Osiyo yuk tashish markazlari, jumladan Singapur va Malayziyadagi Port Klangda tirbandlik keltirib chiqarmoqda. Shu tariqa yuk Fors ko‘rfazidan uzoq joylashgan savdo yo‘llariga taqsimlanmoqda.
Tahlilchi fikricha, yilning ikkinchi yarmida neft narxi yuqori bo‘lib qolishidan xavotir ortib borayotgan bir payt, foiz stavkasi yanada oshishi ehtimoli saqlanib qoladi.
S.Rahimov, O‘zA