Eron AQSHga norozilik bildirdi
Eron tashqi ishlar vazirligi Iroqdagi shia harakati obyektlariga berilgan aviazarbalardan soʻng AQSHga keskin norozilik bildirdi.
Eron tashqi ishlar vazirligi Iroqdagi shia harakati obyektlariga berilgan aviazarbalardan soʻng AQSHga keskin norozilik bildirdi.
Mazkur norozilik bayonoti vazirlik rasmiy saytida eʼlon qilindi.
Vashingtonning Tehrondagi manfaatlari boʻyicha Shveysariyadagi ishonchli vakili Eron tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan. Aynan shu vakil orqali Eron amerikalik siyosatchilarga “buzgʻunchi va BMT nizomiga xilof harakatlariga nisbatan” keskin norozilik bildirgan.