Eng yaxshi uslubchilar aniqlandi
Respublika bolalar kutubxonasida kutubxonalar uslubchilarining koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Respublika bolalar kutubxonasida kutubxonalar uslubchilarining koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlovni tashkil etishdan maqsad sohada faoliyat yuritayotgan ijodkor, mahoratli va tashabbuskor uslubchilarni aniqlash, ularning ijodiy faolligini oshirish, soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan, ish jarayonida innovatsion usullardan unumli foydalanib, samarali natijalarga erishayotgan uslubchilarning ish tajribalarini ommalashtirish va ragʻbatlantirishdan iboratdir.
Tanlov natijalariga koʻra, 1-oʻrinni Xorazm viloyati bolalar kutubxonasi uslubchisi Dilnoza Qilicheva, 2-oʻrinni Jizzax viloyati bolalar kutubxonasi uslubchisi Shahnoza Odilova va 3-oʻrinni Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasi uslubchisi Sayyora Gofulova egalladi.
Shuningdek, Namangan viloyatidan Shahzoda Hasanova “Eng yosh uslubchi”, Qashqadaryo viloyatidan Aziza Qurbonova “Eng izlanuvchan uslubchi”, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Zibagul Rembergenova “Eng tajribali uslubchi”, Navoiy viloyatdan Yulduzxon Hamroyeva “Eng faol uslubchi” deb topildi.
Gʻoliblarga Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovgʻalari topshirildi.