Eng munosiblar mamlakat saralash bosqichida
Nukus shahridagi 22-Bolalar musiqa va san’at maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar saralash tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘z iqtidorini namoyish etmoqda.
[gallery-9662]
Joriy yilda nomzodlarni saralash bo‘yicha shahar va tuman bosqichlarida jami 530 nafar iqtidorli qiz ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 83 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha saralash bosqichida qatnashdi.
Tadbir yakunida turli yo‘nalishlar bo‘yicha eng munosiblari tanlovning mamlakat saralash bosqichida qatnashish uchun tavsiya etildi.
Dovud ABIBULLAEV,
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA