Eng muhimi yo‘lovchilar xavfsizligidir
“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov Fransiya Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi (DGAC) vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida O‘zaviatsiya agentligi va Fransiya Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi o‘rtasida kelishuvlarni amalga oshirish dasturi imzolandi.

Tomonlar ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida parvozlar xavfsizligini nazorat qilish sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Roman Bondarchuk, O‘zA.