Eng kuchli velosportchilar saralandi
Poytaxtimizda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 100 nafar eng kuchli velosportchilar ishtirokidagi chempionatning chiqarib yuborish guruh poygasida Daniil Yevdokimov, Daniil Fyodorov va Vladislav Troman erkaklar o‘rtasida shohsupaga ko‘tarildi.

Ayollar toifasidagi chiqarib yuborish guruh poygasida Madina Qahhorova marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, Kseniya Li uning ortidan marra chizig‘ini bosib o‘tdi. Sofiya Karimova esa chempionatning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA