Eng keksa mushuk vafot etdi
Britaniyada dunyoning eng qari mushugi 33 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Mirror” gazetasi xabar tarqatdi.
Afsuski, sevimli mushuk 33 yoshida vafot etdi, bu 152 inson yoshiga teng, – deb yozgan nashr.
“Rozi” laqabli 1991 yil tug‘ilgan, 1 iyun kuni 33 yoshga to‘lgan bu jonivor uchun “Eng keksa mushuk” maqomi rasmiylashtirilmagan. 2023 yil “Ginnes rekordlari” kitobi vakili Rozining egasini uy hayvoniga rasmiy unvon olish uchun ariza berishga undagan. Afsuski, sohib bu taklifni qabul qilmagan.
Ya’ni, ayni payt rasman eng keksa mushuk angliyalik 28 yoshli “Flossi” hisoblanadi.