Eng faol ijtimoiy xodimlar aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahrida “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Viloyatda mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirib, 100 nafar ijtimoiy xodim va 18 nafar ijtimoiy xodim assistenti ariza topshirgan. Tanlov 3 bosqichda o‘tkazildi.
[gallery-17695]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Eng faol ijtimoiy xodim” nominatsiyasi bo‘yicha Uzun tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi Umidjon Nazarov birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga Termiz shahridan Shoberdi Choriyev va Uzun tumanidan Faxriddin Jo‘rayev munosib ko‘rildi.
“Eng faol ijtimoiy xodim assistenti” nominatsiyasida g‘oliblik Oltinsoy tumani ijtimoiy xodim assistenti Muhayyo Bo‘ranovaga nasib etdi. Angor tumanidan ijtimoiy xodim assistenti Sayyora Sharipova ikkinchi hamda Jarqo‘rg‘on tumanidan ijtimoiy xodim assistenti Fotima Umarova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA