Energetika sohasida samaradorlik va ekologik xavfsizlik ustuvor
Bugungi kunda energetika sohasida barqaror taraqqiyotni taʼminlaş faqat elektr energiyasi işlab çiqariş hajmini oşiriş bilan belgilanmaydi. Bu jarayonda zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, energiya tejamkorligini taʼminlaş va atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytiriş ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, aholi ziç joylaşgan hududda faoliyat yuritayotgan "Toşkent IES" aksiyadorlik jamiyati uçun ekologik xavfsizlik va işlab çiqariş samaradorligini uyğunlaştiriş dolzarb vazifalardan biridir. Bu manzilda joriy etilayotgan har bir texnologik yangilik nafaqat energetika tizimi barqarorligiga, balki hudud ekologik holatini yaxşilaşga ham xizmat qilişi lozim.

Şu munosabat bilan "Energetikaning yangi bosqiçi: modernizatsiya, energiya samaradorligi va ekologik masʼuliyat" mavzusida davra suhbatda ötkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Boriy Alixanov, Noiba Inoyatova, Mohira Xodjayeva, Xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşi deputatlari va energetika sohasi mutaxassislari iştirok etdi.
Dastlab korxona faoliyati bilan yaqindan tanişuv taşkil etildi. Mehmonlarga stansiya boş direktori Rustam Şamsiyev hamrohlik qilib, korxonada sönggi yillarda amalga oşirilgan modernizatsiya işlari, işlab çiqariş quvvatlarini yangilaş, energiya samaradorligini oşiriş va ekologik xavfsizlikni taʼminlaş borasidagi çora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

Taʼkidlaş joizki, stansiyada ekologik taʼsirni kamaytiriş borasida bir qator amaliy işlar olib borilmoqda. Bu boradagi muhim natijalardan biri 1-sonli energoblokda yuqori samaradorlikka ega zamonaviy filtrning örnatilganidir. Maʼlumotlarga köra, mazkur qurilma çiqindilarni 99,5 foiz samaradorlik bilan tozalaş imkoniyatiga ega.
Atmosfera havosi sifatini nazorat qiliş ham eʼtibordan çetda emas. Xususan, stansiyadagi 12 ta energoblok faoliyatini qamrab olgan 3 ta tutun mörisiga avtomatik monitoring stansiyalari örnatilgan. Ular orqali çiqindi gazlar tarkibi elektron şaklda nazorat qilinadi. Şuningdek, sanitariya-himoya hududida taşkil etilgan ekopost atrof-muhit holatini muntazam kuzatiş imkonini bermoqda.
Stansiyada suv resurslarini tejaş va muqobil energiya manbalaridan foydalanişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, quyoş panellari va suv isitgiçlaridan foydalaniş hisobiga yiliga 110,7 tonna çiqindi taşlamasining oldi olinmoqda. Texnik suvdan samarali foydalaniş esa har yili 350 ming kub metr içimlik suvini tejaş imkonini bermoqda.
Tanişuv davomida deputatlar stansiyadagi buğ-gaz turbina qurilmasi, zamonaviy texnologik jarayonlar va işlab çiqariş infratuzilmasi bilan ham tanişdi. Mehmonlarga energetika obʼektlarining barqaror işlaşini taʼminlaş, resurslardan oqilona foydalaniş va işlab çiqariş samaradorligini oşiriş yönalişlarida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan atrofliça tuşuntirişlar berildi.
Umuman olganda, stansiyada amalga oşirilayotgan modernizatsiya işlari energetika sohasidagi islohotlarning muhim yönalişlaridan biri — işlab çiqariş samaradorligi va ekologik xavfsizlikni uyğunlaştirişga qaratilgan. Deputatlarning korxona faoliyati bilan bevosita tanişuvi esa amalga oşirilayotgan işlar natijalarini joyida örganiş, mavjud vazifalar va istiqboldagi rejalarni muhokama qiliş imkonini berdi.
A. Musayev, ÖzA