Endi xorijda davolanishga hojat yoʻq
Markaz 421 oʻringa, shu jumladan, byudjet hisobida 210 oʻrin, 211 oʻrinli xoʻjalik hisobida faoliyat koʻrsatmoqda.
Qashqadaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi nafaqat Qarshi shahri, balki viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan tibbiyot muassasalari orasidagi eng yirik, malakali tibbiy xizmat koʻrsatadigan tibbiyot muassasalaridan hisoblanib, markazda bugungi kunda bir oyda 1 ming 500, bir yilda esa 18 mingdan ortiq bemorlarga statsionar, 30 mingdan ortiq bemorlarga esa ambulator tibbiy xizmat koʻrsatib kelinmoqda.
Markaz 421 oʻringa, shu jumladan, byudjet hisobida 210 oʻrin, 211 oʻrinli xoʻjalik hisobida faoliyat koʻrsatmoqda. 14 oʻrinli jonlantirish boʻlimi mavjud.
2020-yil 1-may holatiga koʻra, markazda jami 818 nafar ishchi-xodimlar, shu jumladan, 104 nafar (29 nafari oliy toifali) vrach, 437 nafar (60 nafari oliy toifali) oʻrta tibbiyot xodimi bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Markazda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2019-yil davomida 52 nafar, 2020-yil 4 oy mobaynida 18 nafar vrachlarning malakasi oshirildi. Vrachlar nafaqat Toshkent shahridagi tibbiyot malaka oshirish institutida, balki chet ellardagi nufuzli tibbiyot muassasalarida oʻz bilimlarini oshirishdi. 2020-yil mart oyida Rossiya Federatsiyasi Stavropol davlat tibbiyot universiteti professor-pedagoglari tomonidan “Nefrologiya” mavzusi boʻyicha onlayn sayyor oʻquv sikli tashkil etildi. Qashqadaryo viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlinmasi va Rossiya federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Stavropol davlat tibbiyot universiteti oʻrtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Markazda xirurgiya bloki boʻlimlarida viloyatda yagona hisoblangan torakal xirurgiya (koʻkrak qafasi xirurgiyasi) boʻlimida oʻpka rezeksiyasi, oʻpka boʻlagini olib tashlash, torakotomiya, oʻpka absessi, oʻpka kistasi, plevrit, oʻpka exinokokki va boshqa murakkablikdagi operatsiyalar oʻtkazilishiga erishildi.
Urologiya boʻlimida Respublika ilmiy markazlarida bajariladigan prostata bezi adenomektomiya bez oʻrnini tikish bilan, qovuq-qin oqmasini tikish, siydik nayi torayishi ureteroplastika plastika amaliyotlari, siydik nayi pastki qismi yoki tosh kasalliklarida ureterotsistoneoanastomoz operatsiyalari, siydik kanali turli xildagi torayish holatlarida uretroplastika operatsiyasi yoʻlga qoʻyildi.
Viloyatda yagona boʻlgan travmatologiya-ortopediya sohasidagi sinishlar, chiqishlar, tugʻma chiqishlar, osteomiyelit, artroz, amputatsiyadan soʻngi holat, osteoxondrozlar, qoʻshma shikastlanishlar, menisk shikasti, suyak oʻsma kasalligi va shu kabi operatsiyalar amalga oshirilmoqda.
Markaz rahbariyati tomonidan 2019 va 2020-yillarda markazning moliya xoʻjalik faoliyatini bemorlarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, bemorlar davolanadigan xonalarda ular uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish hisobidan yana-da mustahkamlash borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, markaz boʻyicha 2018-yilda xoʻjalik bemorlarga pullik xizmat koʻrsatish hisobidan 5,5 milliard soʻm mablagʻ topilgan boʻlsa, ushbu koʻrsatgich 2019-yilda 10,5 milliard soʻmni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 2 barobar ortiqcha mablagʻ topildi.
Bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish evaziga topilgan mablagʻ bevosita aynan ularga tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadlariga sarflanmoqda.
- Jumladan, bemorlar davolanadigan palatalarda iqlim sharoitini yaxshilash maqsadida 150 donadan konditsioner, muzlatkich, televizor, 130 million soʻmlik parda va gilamlar hamda boshqa mahsulotlar xarid qilindi, - deydi markaz bosh shifokori Toʻlqin Rasulov. – Markazning barcha boʻlimlarida joriy taʼmirlash ishlariga 2019-yil 986 million, 2020-yil 420 million soʻm sarflandi. 249 million soʻmlik lominat yotqizildi.
Fizioterapiya boʻlimiga “ALMAG” nomli magnitoterapiya apparati, “YXZ-IV” markali − traksion karavoti, qon-tomir jarrohlik va travmatologiya boʻlimlariga elektroxirurgik koagulyator “EXVCH-400” markali apparatlar xarid qilindi. Uzoq tumanlarda ixtisoslashgan amaliy va metodik tibbiy yordamni tashkillashtirish, ogʻir bemorlarni konsultatsiya qilish maqsadida 1 dona 14 kishilik “Golden Dragon” rusumli mikroavtobus lizing asosida hamda 115 million soʻmlik “Lasetti” yengil avtomashina aholi murojaatlarini joyiga mutaxassislar bilan borib oʻrganish uchun xarid qilindi.
Markaz neyroxirurgiya boʻlimi mazkur loyiha asosida koʻchma rentgen-tashxislash tizimi va portativ rentgen apparati “APELEM” bilan taʼminlangan edi. MRT uskunasining oʻrnatilishi mazkur xayrli tadbirlarning uzviy davomi boʻlib, ushbu uskunani kommunikatsiya tarmoqlariga ulash uchun 250 million soʻm mablagʻ sarflandi.
Markazda xodimlarni ragʻbatlantirish borasida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Masalan, 2018-yilda markaz xodimlariga atigi 3 milliard 191 million ikki yuz ming soʻm ish haqi berilgan boʻlsa, 2019-yilda ushbu koʻrsatgich bir yarim barobarga oshib, 5 milliard 492 million 200 ming soʻmni tashkil etdi.
Malakali vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining oylik ish haqlari 2019-yilda keskin oshdi. Ularning oshlik ish haqlari 2018-yilga nisbatan 6-7 baravarga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 25-mart kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasida epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar koronavirus infeksiyasi” bilan kasallangan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun rezerv oʻrinlar tashkil etish hamda aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni tashkillashtirish toʻgʻrisida”gi 82-sonli buyruqlarining ijrosini taʼminlash maqsadida markaz koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlar uchun moʻljallangan shifoxonalar roʻyxatiga kiritilgani va bemorlar karantinda saqlangani sababli 2020-yil 28-martdan 2020-yil 1-maygacha markazda bemorlarni qabul qilishni toʻxtatilgani bir oz boʻlsada, bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish evaziga topiladigan mablagʻlarni cheklanishiga toʻgʻri keldi.
Shunga qaramasdan, 2020-yilning 1-iyun holatiga koʻra, koʻrsatilgan tibbiy xizmat hisobidan 3 milliard 113 million soʻm mablagʻ topilishiga erishildi.