Emlanganlarda nojo‘ya ta’sir kuzatilmadi
Buxoro shahar 4-oilaviy poliklinika bosh shifokori Xushnud Jamilov ham O‘tkir respirator kasallikdan sog‘aygandan so‘ng ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlandi.
Joriy yilning 1 aprelidan bugungi kunga qadar 4-oilaviy poliklinika hududidan 5 ming 755 nafar birinchi marta emlanishi rejalashtirilgan kontingentning 387 (6.7%) nafari emlandi. Shundan, jami emlanganlarning 65 yosh va undan yuqori yoshdagi fuqarolar soni 101 (26%) nafarni va tibbiyot xodimlari soni 286 (74%) nafarni tashkil etmoqda.
Emlangan kontingentning xoxishiga ko‘ra 300 nafari Astra Zeneca va 87 nafari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlandi.
2021 yilning 8 aprel kuni soat 12:00 ga qadar 71 nafar fuqarolar emlandi, shundan 14 nafari 65 yosh va undan yuqori yoshdagi aholi hamda 59 nafar tibbiyot xodimlari emlandi. Emlash jarayoni har kuni soat 08:00dan 20:00 gacha amalga oshirilmoqda.
Har bir emlangan fuqaro to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar Emlash.uz saytiga kiritib borilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunga qadar emlanganlar orasida emlashdan so‘nggi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmadi.
Mazkur 4-oilaviy poliklinikada o‘tkazilayotgan emlash jarayonlari kabi tadbirlar Buxoro shahrining barcha oilaviy poliklinikalarida hamda viloyatning Vobkent va Buxoro tumanlarida ham amalga oshirilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA