Elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: Wildberries, Uzum Market va xalqaro platformalar misolida
Jur’atbek Mansurbek o‘g‘li OLLABERGANOV talaba Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Urganch, O‘zbekiston ollaberganovjuratbek706@gmail.com Orcid id 0009 0006 3419 4562
Annotatsiya
Maqolada raqamli iqtisodiyotda onlayn marketpleys operatorlari javobgarlik chegarasini belgilash muammosi tahlil qilingan. Amazon, Wildberries va Uzum Market platformalarining risk-menejment va huquqiy modellari misolida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari qiyosiy o‘rganilgan. Tadqiqotda UNCITRAL model qonunlari, YEI Digital Services Act normalari hamda O‘zbekiston qonunchilik bazasi qiyoslangan. Tahlil asosida milliy qonunchilikda operatorlarning solidar javobgarligi institutini va onlayn nizolarni majburiy hal qilish tizimlarini joriy etish bo‘yicha imperativ normalar ishlab chiqilgan.
Tayanch soʻzlar: elektron tijorat, isteʻmolchi huquqlari, platforma javobgarligi, risk-menejment, Uzum Market, Wildberries, Amazon, ODR, kontrafakt, solidar javobgarlik, raqamli asimetriya.