Elektromobillar narxi arzonlashadi – Janubiy Koreya
Janubiy Koreya hukumati 2025 yilgacha elektromobillarning narxi ikki baravarga arzonlashtirilishi uchun qator chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
“REGNUM”ning “Business Korea” ma’lumotiga ko‘ra tarqatgan xabarida aytilishicha, ekologik toza elektromobillarni qo‘llab-quvvatlashning eng muhim yo‘llaridan biri – bunga oid subsidiyalash dasturining muddatini uzaytirishdan iborat.
Shuningdek, hukumat elektromobil va vodorod yoqilg‘ili avtomobillarga innovatsiya kiritishni rejalashtirmoqda.
Avtomobil akkumulyatorlarining ijarasiga oid dasturning amaliyoti ham bu borada muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.