Elchi: Barcha vatandoshlarimizni Mustaqillik ayyomi bilan tabriklayman! (+video)
O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Milliy axborot agentligi — O‘zA orqali yurtimiz aholisi va kun chiqar yurtda yashayotgan vatandoshlarimizni Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Diplomat o‘z tabrigida Istiqlol bayrami har bir o‘zbekistonlik uchun yuksak g‘urur va iftixor ramzi ekanini ta’kidlab, yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik, mamlakatimizga taraqqiyot tiladi.
Shuningdek, M.Abdurahmonov Yaponiyada yashayotgan va mehnat qilayotgan barcha vatandoshlarimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, ishlarida muvaffaqiyat va Vatanimiz bilan doimo yaqin aloqada bo‘lib yashashini tiladi.
Elchi barchani O‘zbekistonning eng ulug‘ va eng aziz bayrami – Mustaqillik kuni bilan yana bir bor muborakbod etib, xonadonlarga fayz-baraka, yurtdoshlarimizga baxt, xotirjamlik tiladi.
O‘zA diplomatimiz bilan ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik, munosabatlarning bugungi holati va istiqboli to‘g‘risida video-intervyu ham uyushtirdi.
Behruz Xudoyberdiyev,
Iskandar Ismatov (video),
O‘zA
Tokio, Yaponiya