Eksport salohiyati yuksalmoqda
Prezidentimizning 2013-yil 8-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2013-yil 8-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.Bunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi muhim ahamiyat kast etmoqda.
Tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni xorijda targ‘ib etish, xalqaro ko‘rgazma va bozorlarda ishtirokini ta’minlash maqsadida faoliyat yuritayotgan mazkur jamg‘arma ko‘magida korxonalarning eksport salohiyati tobora ortmoqda. Mazkur jamg‘arma yordamida mahsulotini tashqi bozorga olib chiqayotgan korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham talaygina.
Jamg‘arma yordamidan foydalangan To‘rtko‘l tumanidagi “To‘rtko‘l tuprog‘i” oilaviy korxonasi qovurilgan kunjut yetkazib berish bo‘yicha 448,5 ming AQSh dollarilik shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Korxona tomonidan hozirgacha 50 ming AQSh dollarilik mahsulot xorijga eksport qilindi.
Qo‘ng‘irot tumanidagi “Qo‘ng‘irot natriy sulfat” sho‘ba korxonasi ham jamg‘arma ko‘magida tashqi bozorda o‘z xaridorini topdi.
– Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan bunday keng imkoniyatlar o‘z samarasini bermoqda, – deydi korxona rahbari F.Tojiboyev. – Mahsulotlarimizni shartnoma asosida qo‘shni davlatlarga eksport qilmoqdamiz.