Ekspertiza tayinlash masalalari ko‘rib chiqildi
Xorazm viloyat sudida fuqarolik va iqtisodiy sudlarda ekspertiza tayinlash va o‘tkazish jarayonida uchrayotgan dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat va tumanlararo sudlari sudyalari, Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi viloyat bo‘limi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda xususiy baholash tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda sud amaliyotida ekspertizalarni tayinlashda yuzaga kelayotgan muammolar, baholash hisobotlarining ishonchliligini tekshirish, sud-qurilish, xatshunoslik va avtotexnika ekspertizalarining ahamiyati muhokama qilindi.
[gallery-29387]
Shuningdek, ekspert xizmatlari uchun to‘lovlarni oldindan amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish, sohadagi hamkorlikni kuchaytirish va huquqiy tushuntirish ishlarini muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
Seminar yakunida ekspertiza tayinlash jarayonlarida qonun talablariga qat’iy rioya etish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat),
O‘zA muxbiri