Ehtiyojmand oilalarga un tarqatildi
Sirdaryoda Prezidentimizning 2022 yil 25 maydagi "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida viloyatda istiqomat qilayotgan, ijtimoiy ahvoli og‘ir, nogironligi bo‘lgan 3 ming 632 oila, oilalarning 16 ming 978 nafar a’zosi ro‘yxati shakllantirildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat bo‘limi, uning tuman va shahar bo‘linmalari huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasining 1 milliard 685 million so‘m pul mablag‘i hisobiga viloyatdagi "Oqoltin don" va "Xovos don" korxonalaridan un mahsuloti olib kelinib, aholining har biriga 20 kilogrammdan tarqatildi.
Xayrli ishlar davom etmoqda.
Sh.Suyarov, O‘zA