Ehtiyojmand oilalardan xabar olindi
Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani hokimi R.Shamuratov boshchiligida ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilalar egalari holidan xabar olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tumandagi 10 ta jome masjidida Hayit namozini ado etish uchun yig‘ilgan namozxonlarga barcha qulaylik yaratildi.
Miskinlarga yordam berish, kasal insonlarninig holidan xabar olish ota-bobolarimizdan kelayotgan azaliy qadriyat hisoblanadi. Tumanning saxovatpesha insonlari tomonidan savobli ishlar bajarildi. Ular ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan shaxs bor xonadonlarda bo‘lib, Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

Tadbirda tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mas’ullari ham ishtirok etib, har bir xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Xayriya tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA