“Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ekologik ko‘rgazmasida eko-startap loyihalar namoyish qilinmoqda
Ko‘rgazma doirasida ekologik mahsulot va xizmatlar aks etgan 68 ta korporativ hamda hududiy pavilon, shuningdek, Markaziy Osiyo ekoinnovatorlarining 20 ta eng yaxshi startap loyihalari namoyish etilmoqda.
Tadbirning diqqat markazida — «yashil» energiya, suv tejash, chiqindilarni qayta ishlash va iqlim o‘zgarishiga moslashish kabi eng dolzarb mavzular o‘rin olgan.
Forum doirasida 50 dan ortiq biznes-tadbir va muloqot maydonchalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda xalqaro investorlar va donorlarga mamlakatimiz hududlarida amalga oshiriladigan aniq «yashil» loyihalar taqdim etiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZLFWy_jKUtY" title="“Eco Expo Central Asia 2026”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA