Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida boshlang‘ich narxi 1 so‘mlik davlat aktivlari savdosi qizg‘in o‘tkazilmoqda.

Buni o‘tgan hafta davomida 14 ta bo‘sh binolarning realizatsiya qilinganida ham ko‘rish mumkin.

Onlayn auksionda boshlang‘ich narxi 1 so‘m bo‘lgan 14 ta davlat mulki 1,3 mlrd. so‘mga sotildi va ushbu auksionlar g‘oliblariga jami 32 mlrd. so‘m miqdorida investitsiya kiritish hamda 267 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish majburiyati ham yuklatildi.

Yuqori narxlarda sotilgan davlat ob’ektlarining ayrimlari bilan tanishing:

         1. Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi boshlang‘ich narxi 1 so‘m bo‘lgan sobiq silga qarshi kurash dispanser binosi 505 mln. so‘mga sotildi. Davlat ob’ekti 6 sotix yer maydoniga ega bo‘lib, g‘olib 12 oy muddatda 800 million so‘m investitsiya kiritib, mehmonxona faoliyatini tashkil etishi va kamida 12 ta yangi ish o‘rni yaratishi lozim.

2. Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi boshlang‘ich narxi 1 so‘m bo‘lgan sobiq maktab filiali bino-inshootlari 74 mln. so‘mga sotildi. Auksion g‘olibi 12 sotix yer maydonida joylashgan mazkur davlat ob’ektiga 6 oy muddatda 300 million so‘m investitsiya kiritishi hamda kamida 15 ta yangi ish o‘rni yaratishi lozim.

3. Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi boshlang‘ich narxi 1 so‘m bo‘lgan Namuna QVP bino-inshootlari 449 mln. so‘mga sotildi. Davlat ob’ekti 11 sotix yer maydoniga ega bo‘lib, auksion g‘olibiga 12 oy muddatda 500 million so‘m investitsiya kiritish hamda kamida 12 ta yangi ish o‘rni yaratish majburiyati yuklatiladi.

Siz ham mazkur auksionlarda ishtirok etib, davlat aktivlarini ochiq va shaffof usulda yutib olishingiz mumkin. Ayni damda “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida 12,2 ming tadbirkorlik faoliyati uchun 151 ta bo‘sh turgan davlat aktivi va 3,2 ming yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi savdoda turibdi.

“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

PR-xizmati

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“E-IJRO AUKSION”da o‘tgan haftada 14 ta bo‘sh bino qimmat narxlarga sotildi