Dzyudochilarimiz yozgi Osiyo o‘yinlarida qancha medal jamg‘aradi?
Joriy yilning eng muhim kompleks musobaqalaridan biri bu, sentabr-oktabr oyida "Aichi-Nagoya-2026" yozgi Osiyo o‘yinlari hisoblanadi.
Xo‘sh, ushbu “kichik olimpiada” bahslarida mamlakatimiz dzyudochilari qanday natijalarni qayd etishga hozirlanmoqda?
Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Toshmatov, dzyudo bo‘yicha milliy terma jamoa murabbiylari, mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari dzyudo vatanida o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida 2 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritish nazarda tutilgani aytib o‘tildi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi A.Sobirov xalqaro musobaqalar taqvimi hamda istiqbolli sportchilar bilan olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritib, tashkil etilayotgan o‘quv-mashg‘ulotlari, xorijiy mamlakatlarda o‘tayotgan xalqaro turnirlardagi ishtirok Osiyo o‘yinlarida munosib natijalarga erishishga qaratilgan.
Muhokamalar jarayonida milliy terma jamoamizning tayyorgarlik holati, mashg‘ulot rejalari ko‘rib chiqilib, tegishli tavsiyalar berildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA