Iamlakatimizda o‘tadigan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimdan avval o‘z vazn toifalarida jahon reytingida kuchli sakkizlikka kirgan sportchilar saralab olindi va qur’a ularning atrofida shakllandi. Terma jamoamiz vakillaridan Murodjon Yo‘ldoshevSharofiddin Boltaboyev, Davlat Bobonov, Diyora Keldiyorova saralangan sportchilar qatoridan joy oldi.

Ko‘pchilik mutaxassislar qur’a qanday o‘tishidan qat’iy nazar 66 kg va 81 kg vazn toifalarini murakkab bahslarga boy, deya ta’riflamoqda. Haqiqatda shunday. Ushbu vaznda qayd etilgan ikki yapon dzyudochisi sakkizlikda yo‘q va ular qur’aning qaysi qismidan joy olishmasin, har qaysi saralangan sportchini medallar uchun kurashdan erta chiqarib yuborishi hech gap emas.

Ko‘pchilik muxlislar finalda Bobonov va Bekauri juftligini taxmin qilayotgan edi. Lekin reyting asosida shakllantiriladigan qur’a ularni xuddi Tokio-2020 Olimpiadasidagidek chorak finalda yana ro‘baro‘ qilishi mumkin.

Aytish lozim, dunyo duxyudosida o‘z o‘rniga ega yaponiyalik Uta Abe. italiyalik Odette Juffri kabi sportchilar sakkizlikdan o‘rin olmagan bo‘lsa-da ularning chempionatda qatgshayotganligi har qanday raqibga jiddiy havf to‘g‘rishi tabiiy.

Qur’a natijalari ma’lum. Albatta, hammasini tatami hal etadi. Biroq hammasini musobaqaga har tomonlama tayyor bo‘lgan professionallar belgilashini unutmagan holda yuqorida qayd etilmagan nomlar orasida chempion chiqishi ham hech gap emas.

T. Ro‘ziyev, O‘zA.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Jahon chempionatiga qur’a tashlandi