DXX xodimlariga bag‘ishlangan film
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda “Spectre” kinostudiyasi tomonidan "Mustahkam" nomli hujjatli film suratga olindi.
Mazkur kinokartina Davlat xavfsizlik xizmatining 30 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining mashaqqatli mehnati, kasbiy faoliyati va hayotidagi murakkab jarayonlar yoritilgan.

Film ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Furqat Usmonov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova hamda ijrochi prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyevlardir.

–Film juda tezlik bilan suratga olindi, –dedi rejissiyor Furqat Usmonov. –Chunki rejalangan vaqtga ko‘ra, filmni topshirishimiz kerak edi. Suratga olish ishlari asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatining chegara xududlari hamda Samarqand va Buxoro viloyatlarining tarxiy obidalarida DXXning maxsus bo‘linmalari ko‘magida amalga oshirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA