Dunyoning eng uzun koʻprigi
Dunyodagi uzun va koʻrkam koʻpriklar vatani boʻlgan Xitoydagi Gonkong – Makao – Chjuxay shaharlarini birlashtiruvchi suv usti koʻprigi dunyodagi eng uzun va eng koʻrkam koʻprik deb eʼtirof etilgan
Dunyodagi uzun va koʻrkam koʻpriklar vatani boʻlgan Xitoydagi Gonkong – Makao – Chjuxay shaharlarini birlashtiruvchi suv usti koʻprigi dunyodagi eng uzun va eng koʻrkam koʻprik deb eʼtirof etilgan.
Umumiy uzunligi 55 kilometrni tashkil etuvchi ushbu koʻprik loyihasi suv usti avtomobil yoʻli va suv osti tunellardan iborat boʻlib, uning qurilish ishlari 2009 yilda boshlangan. Koʻprik 2018 yilning oktabr oyida foydalanishga topshirilgan.
Umumiy qiymati 20 milliard dollarni tashkil etgan ushbu qurilish inshoati Marvarid daryosi deltasini kesib oʻtib, Gonkong shahrini Xitoy bilan birlashtiradi.
Avvallari Gonkong – Chjuxayni shaharlari orasidagi masofa avtomobilda 3 soatni tashkil etgan boʻlsa, endi yoʻlovchilar koʻprik orqali ikki shahar orasidagi masofani yarim soatda bosib oʻtadilar.