Dunyodagi eng antiqa festivallar +(video)
Dunyo shunchalik rang-barangki, har bir xalq o‘z madaniyati va qarashini namoyon etish uchun noodatiy bayramlar yaratgan. Ispaniyaning Bunol shahrida har yili “Pomidorlar jangi” – “La Tomatina” o‘tkaziladi. Olomon bir-biriga pomidor otib, butun shaharni qizil rangga bo‘yaydi, festivaldan keyin shahar yana tozalanadi.
Tailandning Lopburi shahrida esa “Maymun banketi” an’anaviy bayramida minglab maymun uchun ulkan dasturxon yozilib, meva va shirinlik bilan to‘ldiriladi.
Malayziya va Hindistonda mashhur “Taypusam” festivali – diniy marosim chog‘i ba’zi ishtirokchilar sadoqat ramzi sifatida tanasining turli qismiga metall nayza yoki ilgak sanchib, marosimda qatnashadi.
Janubiy Koreyaning Boryong shahridagi “Loy festivali” esa aksincha juda quvnoq tadbir. Odamlar minerallarga boy loyda o‘ynaydi, sirpanadi va turli musobaqalarda ishtirok etib, ham dam oladi, ham sog‘liq uchun foydali darmon oladi.
Bunday bayramlar dunyo nechog‘li qiziqarli va turfa ekanini ko‘rsatadi.
Ko‘rsatuvni “YouTube” sahifamizda to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eNcFXSli6r4" title="Dunyodagi eng antiqa festivallar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev (videomuhandis), O‘zA