Dukchi Eshon tavalludining 170 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi (+video)
Dukchi Eshon (Muhammadali Sobir o‘g‘li) — o‘zbek xalqi mustaqilligi uchun Rossiya imperiyasiga qarshi kurashgan buyuk tarixiy shaxs hisoblanadi.
Dukchi Eshon tavalludining 170 yilligiga bag‘ishlab FA Tarix institutida uyushtirilgan ellararo ilmiy yig‘in buyuk bobomizning shaxsiyati, Turkiston mustaqilligi uchun kurashi, shuningdek, o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixini o‘rganishdagi ahamiyatiga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida Dukchi Eshonning o‘zbek xalqi, Turkiston tarixidagi o‘rnini tadqiq etishning dolzarbligi, uning shaxsiyatini milliy tariximizda qayta baholash zaruratini asoslab berildi va unga tegishli bo‘lgan turli manbalar — arxiv hujjatlari, matbuotdagi chiqishlar va xotiralarni tasniflanib, ularning ilmiy qiymati va ahamiyati tahlil qilindi.
“Milliy-ozodlik harakati tarixi: Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni” ellararo yig‘inda e’lon qilingan ilmiy natijalar, ma’rifiy fikrlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning buyuk bobomizning harbiy mahorati, hurriyat va ozodlik yo‘lidagi kurashlari haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/C_I5vrGafSQ" title="Dukchi Eshon tavalludining 170 yilligiga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA