Dorining kontrafakt nusxasi yo‘q qilindi
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasiga “Abbott Products Operations AG” kompaniyasiga tegishli “Dyuspatalin/Duspatalin” dori vositasining kontrafakt nusxasi sotilayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. Bu to‘g‘rida boshqarmaning huquqiy axborot shu’basi tomonidan ma’lumot berildi.
Murojaatga asosan belgilangan tartibda “A” hamda “B” MCHJlarda tekshiruv o‘tkazilganda “Abbott Products Operations AG" kompaniyasining “Dyuspatalin/Duspatalin” dori vositasiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “MER DUSPATANIM/MER DUSPATANIM” nomi ostida kontrafakt dori vositasi sotilayotganligi aniqlangan.

“A” hamda “B” MCHJlarga taqdimnoma kiritilib, kontrafakt dori vositasining sotilishiga chek qo‘yilib, belgilangan tartibda yo‘q qilinishi ta’minlandi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri