Dori vositalari yo‘q qilindi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan huquqbuzarlik ashyosi tariqasida olib qo‘yilgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sudning qarori asosida yo‘q qilindi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi, MIB Guliston shahar bo‘limi, viloyat IIB, SEO va JSB hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.



Dastlab mas’ul xodimlar tomonidan maxsus omborda saqlanayotgan va daliliy ashyo sifatida olingan 495 dona “Tropik amid 10 mil” va 4067 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sanoqdan o‘tkazildi. So‘ngra ishtirokchilar tomonidan daliliy ashyo sifatida olingan jami 4562 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sudlarning tegishli qarorlariga asosan yoqildi.
Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri