Dori-darmon vositalari arzonlashdi, jarimalar oshirildi (+video)
2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston retsept bilan sotiladigan qariyb 2 500 nomdagi dori vositalari narxlari sezilarli darajada pasaytirildi. Masalan, antibiotiklar va mikroblarga qarshi vositalar 50 foizgacha, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi dorilar 42foizgacha, asab tizimi dorilari 40 foizgacha, yurak-qon tomiri kasalliklariga qarshi dorilar 37 foizgacha pasaytirildi.
Shu bilan birga dori vositalarini qimmat sotganlik uchun jarimalar miqdori ham oshirildi. Shu va sohadagi boshqa o‘zgarishlar haqida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi bosh mutaxassisi Bahodir Normatov bilan suhbatlashdik.
- Joriy yilning 1-iyulidan boshlab farmatsevtika yo‘nalishida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?
- 1-iyul sanasidan boshlab, shifokor retsepti bilan beriladigan dori vositalariga belgilangan referent narxlar tushirilgani barchamizga ma’lum. Bu yerda asosan antibiotiklar, qon preparatlari va shunga o‘xshash vositalar 50 foizgacha narxlari tushdi. Dorixona egalari, tadbirkorlar tomonidan agar bemorlarga mahsulot qimmat narxlarda sotilishi kuzatiladigan bo‘lsa Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bunday holatlarni dastur orqali aniqlaydi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasiga elektron ravishda xabar keladi. Bu axborotni asos qilib, ushbu dorixonalarda tadbirkorlarning qonuniy huquqini himoya qilish bo‘yicha vakilini xabardor qilib, tekshiruv tayinlanadi. Ya’ni, dori narxlari asossiz baland sotilgan bo‘lsa, dalolatnoma tuziladi va tadbirkorga tushuntirishlar beriladi. Hozirgi kunda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 165-moddasi 1-qismiga asosan birinchi marta 50-100 barobarigacha jarima qo‘llaniladi. Bu jarima 7-iyulgacha 5-10 barobarigacha hisoblangan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fRI637dtYrE" title="Dori-darmon vositalari arzonlashdi, jarimalar oshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Yoqub Meliboyev, Iskandar Ismatov (video), O‘zA