Dizayn sohasining rivojlanish bosqichlari muhokama qilindi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Dizayn — ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda dizayn sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqbollar, zamonaviy ta’lim tizimida dizaynning o‘rni kabi masalalar keng muhokama qilindi.
Jumladan, dizayn ta’limini rivojlantirish, amaliy ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyani ta’minlash hamda kompetensiyaviy yondashuvni samarali joriy etish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil ilindi.
[gallery-29047]
Dizayn sohasini o‘qitishda ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish, innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llash hamda ta’lim jarayonini ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, dizayn ta’limida interfaol o‘qitish metodlari, baholashning zamonaviy shakllari hamda raqamli dizayn platformalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, dizayn sohasida ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, amaliy tajribalarni umumlashtirish hamda ularni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva,
Alimurod Mamadaminov (surat),
O‘zA