Dilerlik va serviz markazi öz faoliyatini boşladi
Andijonda tadbirkorlar va fermer xöjaliklarini zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalari bilan taʼminlaş, sotib olişni moliyalaştiriş, mutaxassislar tayyorlaş hamda texnikalarga servis xizmatlari körsatişni yagona tizimda birlaştirgan “ANDIJAN YASHIL ENERGIYA” dilerlik va servis markazi iş boşladi.
“Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati, Andijon viloyati hokimligi, “Agrobank” ATB hamda “AgroTech Klaster” hamkorligida Andijonda taşkil etilgan dilerlik markazi oçilişiga bağişlangan tadbirda Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida iş olib borayotgan fermer xöjaliklar, hamkor taşkilotlar vakillari hamda soha mutasaddilari iştirok etdi.
Dilerlik va servis markazi oçilişiga bağişlangan tadbirda söz olgan “Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining örinbosari Davronbek Xidoyatov, viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliğining örinbosari Aʼzamjon Yuldaşev, “Agrobank” ATB viloyat boşqarmasi boşliği örinbosari Ravşanbek Hasanov, “Andijon yashil energiya” dilerlik va servis markazi rahbari Maxsutali Qozoqov Prezidentimiz taşabbusi bilan mamlakatimizda qişloq xöjaligi sohasini ilğor iş unumdorligiga ega, zamonaviy texnika vositalari bilan taʼminlaş, ularga serviz xizmati körsatiş tizimini şakllantiriş va yanada yuqori bosqiçga kötariş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilayotganligi, şuningdek, “Andijon yashil energiya” dilerlik va servis markazining ahamiyati, maqsadi, vazifalari haqida gapirdi.


Darhaqiqat, bugungi kunda Davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş, mahalliy qişloq xöjaligi maşinasozligini rivojlantiriş, sohada mexanizatsiya darajasini oşiriş hamda fermer va dehqon xöjaliklarini zamonaviy, yuqori unumli texnikalar bilan taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada keng kölamli islohotlar, yangi-yangi loyihalar amalga oşirilmoqda. “Andijan yashil energiya” dilerlik va servis markazining taşkil etilişi ham ham ana şu yönalişdagi işlardan biri hisoblanadi. Respublikamizning qator viloyatlarida taşkil etilgan bu kabi markazlar islohotlar samaradorligini oşirişga, hududlarda fermerlar uçun zamonaviy infratuzilma va kompleks xizmatlar tizimini rivojlantirişga qaratilgan.
- Markaz faoliyati fermer xöjaliklari va tadbirkorlarga kompleks va qulay xizmatlar körsatiş tamoyiliga asoslanadi, - deydi “Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining örinbosari Davronbek Xidoyatov. - Endilikda fermerlar bir joyning özida “AgroTech Klaster” brendi ostida işlab çiqarilayotgan qişloq xöjaligi texnikalarini tanlaş va xarid qiliş, “Agrobank” ATBning moliyaviy xizmatlaridan foydalaniş, texnika operatorlarini tayyorlaş, zarur ehtiyot qismlarni xarid qiliş, kafolatli va servis xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega böladilar. Bundan taşqari, zarurat tuğilganda maxsus jihozlangan avtomobillar orqali bevosita fermer xöjaliklarining özida sayyor servis xizmatlari ham körsatiladi.


Markaz faoliyatining muhim jihati şundaki, uning xizmatlari texnikani sotiş bilangina çeklanmaydi. Asosiy eʼtibor xariddan keyingi xizmat körsatiş, texnikalarning töğri ekspluatatsiya qilinişi, öz vaqtida texnik körikdan ötkazilişi va zarur ehtiyot qismlar bilan taʼminlanişiga qaratilgan. Bu esa fermer xöjaliklarida texnikalardan samarali foydalaniş, ularning işlaş muddatini uzaytiriş va işlab çiqariş jarayonlarida uzluksizlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Şu bilan birga, markazda qişloq xöjaligi texnikalariga xizmat körsatuvçi malakali kadrlar tayyorlaşga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Markaz hamda Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti hamkorligida taşkil etilgan öquv markazida zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalarini boşqaruvçi operatorlarni tayyorlaş hamda ularning amaliy könikmalarini oşiriş közda tutilgan.
Oçiliş marosimidan söng iştirokçilar Markaz infratuzilmasi, jumladan, qişloq xöjaligi texnikalari körgazmasi, servis hududi va ehtiyot qismlar ombori faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Şuningdek, fermerlarga texnik xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan sayyor servis xizmatlari taqdimoti namoyiş etildi.
Tadbir doirasida qişloq xöjaligi texnikalarini xarid qiliş, moliyalaştiriş şartlari, ehtiyot qismlar taʼminoti va servis xizmatlari bilan boğliq masalalar yuzasidan fermerlar bilan muloqot ötkazildi. Unda iştirokçilarning savol va takliflari tinglandi, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tuşuntirişlar berildi.


- “Andijon yashil energiya” dilerlik va servis markazining taşkil etilganligi Andijon viloyati, qolaversa, Farğona vodiysidagi fermer xöjaliklari uçun keng imkoniyatlar eşigini oçib beradi, - deydi “Agroinspeksiya” Andijon viloyati boşqarmasi rahbari Davronbek Maqsudov. - Çunki, fermerlar şu yerning özida zarur qişloq xöjaligi texnika vositalari bilan bevosita tanişiş, ularni xarid qiliş böyiça şartnomalar tuziş, bankning moliyaviy kömagi, xarid qilingan texnikalardan samarali foydalaniş böyiça zarur maʼlumot va tavsiyalar olişlari mumkin. Eng asosiysi, Markaz, “Agrobank” mutaxassislari ana şu işlarda fermerlarning yaqin kömakçisiga aylanadi.
Maʼlumot örnida: bugungi kunda “AgroTech Klaster” tomonidan 35 dan ortiq turdagi qişloq xöjaligi texnikalari işlab çiqarilmoqda. Korxona faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri işlab çiqarişda mahalliylaştiriş darajasini izçil oşirişdan iborat.


Xususan, öziyurar qişloq xöjaligi texnikalarida mahalliylaştiriş darajasini 35 foizga, osma va tirkamali texnikalarda esa 70 foizga yetkaziş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Bu borada “Özavtosanoat” AJ tizimidagi korxonalar bilan hamkorlikda qariyb 140 turdagi butlovçi qismlarni mahalliylaştirişga qaratilgan loyihalar amalga oşirilmoqda.
Yangi dilerlik va servis markazining işga tuşirilişi nafaqat Andijon viloyatida, balki Farğona vodiysida qişloq xöjaligi texnikalari savdosi va servis xizmatlari infratuzilmasini rivojlantiriş, fermer xöjaliklarining zamonaviy texnikalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda mahalliy işlab çiqaruvçilar va isteʼmolçilar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.
Faxriddin Ubaydullayev,
Zuhriddin Umrzoqov (foto),
ÖzA muxbirlari