Deputatlar yoshlar bilan ochiq muloqot qildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari Madina Baratova va Shahnoza Xolmahamatova ishtirokida partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toshkent International University talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarning qonunchilikni takomillashtirish jarayonlaridagi o‘rni hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarga e’tibor qaratildi.

— Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi, ularning muammo va takliflari tinglandi, ilgari surilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi, — deydi deputat Shahnoza Xolmahamatova. — Bunday muloqotlar yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning fikrini eshitish va dolzarb masalalarga amaliy yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yoshlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda shuningdek, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan uning boy tarixiy merosi, adolat va bunyodkorlik g‘oyalarining bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yuzasidan ham fikr almashildi.
M.Komilova, O‘zA