Deputat söroviga mansabdor emas, örinbosar va quyi böğin rahbarlari javob berayotgan holatlar bor
Davlat organlarining ayrim mansabdor şaxslari tomonidan deputat va senator sörovlarini körib çiqiş muddatlariga rioya etmaslik, ularni javobsiz qoldiriş yoki tegişli talablarni buziş holatlari uçramoqda.
Maʼlumotlarga köra, 160 ta deputat sörovlarining 96 tasiga, yaʼni 60 foiziga belgilangan muddatda javob berilgan, 64 tasiga esa keçiktirilgan muddatda javob qaytarilgan. Mansabdor şaxslarga yuborilgan deputatlik sörovlarining 95 tasiga örinbosarlar tomonidan, 9 tasiga quyi böğin rahbarlari tomonidan javob berilgan.
2026-yilning 1-noyabr holatiga 53 ta deputat sörovi yuborilgan bölib, 31 tasiga belgilangan muddatda, 21 tasiga keçiktirilib javob berilgan, bittasiga belgilangan muddat ötgan bölsa-da, javob berilmagan.
Şulardan kelib çiqib, “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqildi. Unga köra, deputat yoki senator sörovini körib çiqişning qonunçilikda belgilangan muddatlari yoxud boşqa talablari davlat organlarining mansabdor şaxslari tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda, Oliy Majlis palatalarining Devonlariga aybdor şaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortiş uçun sudga murojaat qiliş yoki aybdor şaxslarga çora köriş böyiça Boş prokuraturaga taqdimnoma kiritiş amaliyotini joriy etiş belgilanmoqda.
Şuningdek, deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzganlik uçun maʼmuriy javobgarlik kuçaytirilmoqda. Yaʼni, Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 193-moddasi 2-qism bilan töldirilib, unga muvofiq maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida uşbu huquqbuzarlik takroran sodir etilganda, jarima miqdorini bazaviy hisoblaş miqdorining 7 baravaridan 15 baravarigaça belgilaş taklif etilmoqda.
Taʼkidlanganidek, uşbu tartiblar mansabdor şaxslarning deputat va senator sörovlariga masʼuliyat bilan yondaşişini taʼminlaş, deputat va senator sörovi institutining taʼsirçanligini oşiriş, sörovlarning öz vaqtida va qonun talablariga muvofiq körib çiqilişi ustidan nazoratni kuçaytirişga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Muhtarama Komilova, ÖzA