Deputat aholi muammolarini o‘rgandi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga saylangan deputat Shuhrat Bafoyev, G‘ijduvon tumani Xalq qabulxonasi mudiri U.Halimov bilan birgalikda Baraka mahalla fuqarolar yig‘ini Yangiyer qishlog‘ida aholi bilan uchrashdi.
Deputat aholi turmush sharoitini o‘rganish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida fuqarolar bilan suhbatlashdi. Bildirilgan fikr, taklif va mulohazalarni o‘rgandi. Muloqotda aholi tomonidan bir qator o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni kun tartibiga qo‘ydi. Jumladan, aholini qiynab kelayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun maktab qurish muammosi 2022 yil davlat dasturi asosida Yangiyer qishlog‘i hududidan qurib berilishi tushuntirildi.

Yangiyer qishlog‘i aholisi tomonidan yo‘llangan maktab qurish, ichimlik suv ta’minoti, qishloq vrachlik punkti qurish masalalari yuzasidan yo‘llagan murojaatlari deputat va tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan huquqiy ma’lumot va tushuntirish berish yo‘li bilan hal etildi. Ichki yo‘llarni ta’mirlash, simyog‘ochlarni yangilash, gaz balon masalalariga oid murojaatlar yuzasidan qo‘shimcha muddat talab qilganligi sababli tumanning tegishli tashkilotlariga topshiriq berildi.
Deputat va tuman mutasaddilari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Baraka mahalla fuqarolar yig‘ini hududida manzarali ko‘chatlar ekdi.
Zarif Komilov, O‘zA