Denis Istomin ham ishonchni oqlamadi
Poytaxtimizda tennis boʻyicha “Devis kubogi“ning pley-off bosqichida Oʻzbekiston va Serbiya terma jamoalari oʻzaro raqobatlashmoqda.
Poytaxtimizda tennis boʻyicha “Devis kubogi“ning pley-off bosqichida Oʻzbekiston va Serbiya terma jamoalari oʻzaro raqobatlashmoqda.
Mazkur uchrashuvning ikkinchi oʻyinida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Serbiya terma jamoasining ikkinchi raqamli tennischisi Filip Krayinovichga 2:6, 4:6 hisobida magʻlub boʻldi. Ushbu oʻyindan soʻng Oʻzbekiston va Serbiya terma jamoalari oʻrtasidagi hisob 0:2 koʻrinishiga keldi.
Endi ertaga tennischilar juftlik va yakkalik bahslarida oʻzaro raqobatlashadi.




