Dehlida besh qavatli bino qulab tushdi: qurbonlar bor
Hindiston poytaxti Dehli shahrining Satya Niketan hududida talabalar yotoqxonasi sifatida foydalanilgan besh qavatli bino qulab tushdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jiddiy jarohatlangan, shuningdek, kamida 50 kishi vayronalar ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Ayni payt voqea joyida politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda. Qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, bino qulashdan oldin uning yerto‘lasida ta’mirlash ishlari olib borilgan, ammo qulashning aniq sababi hali aniqlanmagan.
S.Rahimov, O‘zA