Davlatobodda yangi sport majmuasi ochildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yosh kuch” stadionida zamonaviy sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Abdulla Aslanov va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi.
[gallery-9082]
Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, namanganlik sportchi yoshlarga kelgusi musobaqalarda omad tiladi.
Ushbu kompleks qurilishi uchun respublika byudjet mablag‘i hisobidan 5 milliard 523 million so‘m sarflandi. Bu yerda 44x22 hajmdagi zal, ma’muriy bino, shifokor xonasi joy olgan bo‘lib, samarali mashg‘ulotlar uchun barcha sharoit yaratilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA