Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bukhara Cotton Textile” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Buxorodagi «BCT Cluster» paxta-to‘qimachilik klasteri mamlakatimizda eng birinchi tuzilganlardan. U davlatimiz rahbarining 2017 yil 19 maydagi qaroriga asosan tashkil etilgan.

bugungi kunda mazkur klaster paxta yetishtirishdan tortib uni chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarni yaxshi o‘zlashtirgan. Xususan, Romitan tumanidagi 8 ming gektar maydonda paxta yetishtirilsa, uning tolasidan ip yigirish, kalavani bo‘yash, mato to‘qish va kiyim tikish yo‘lga qo‘yilgan.

“Bukhara Cotton Textile” korxonasi ushbu ishlab chiqarish zanjirining oxirgi xalqasi hisoblanadi. Uni tashkil etish  uchun 65 million AQSH dollaridan ziyod investitsiya yo‘naltirilgan.

Yana bir muhim jihati shundaki, ushbu korxona ilgari qarovsiz bo‘lib qolgan sobiq to‘qimachilik kombinati o‘rnida paydo bo‘ldi. Bu yerda bitta eski bino kapital rekonstruksiya qilinib, 19 ta yangi bino va inshootlar barpo etildi. Germaniya, AQSH, Belgiya va Fransiyadagi ilg‘or texnologik liniyalar, asbob-uskuna va dastgohlar bilan jihozlandi.

Davlatimiz rahbari korxonadagi ish jarayonini, mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi.

- Jinsi matolar va mahsulotlar chiqarish bo‘yicha eng ilg‘or davlatlar bilan raqobat qilish mumkin. Chunki yerimiz, suvimiz, paxtamiz o‘zimizniki. Ishlayman degan yoshlarimiz ko‘p. Tannarxni yana pasaytirsa bo‘ladi. Lekin sifati xalqaro darajada bo‘lsa, dunyoda albatta o‘z o‘rnini topadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mazkur to‘qimachilik korxonasida 1500 nafar, klaster bilan qo‘shib hisoblaganda 6000 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.

“Bukhara Cotton Textile” korxonasida dastlab 8450 tonna kalava ip yigiriladi. Keyingi bosqichda esa 15 million pogonometr jinsi matolar to‘qiladi. Uchinchi-to‘rtinchi pog‘onalarda qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotga aylantiriladi.

Buning iqtisodiy samaradorligi shundaki, dunyo bozorida 1 kilogramm tola qiymati xomashyo sifatida 1,5 dollar bo‘lsa, tayyor kiyim qilib sotilganda kamida 25 dollarga aylanadi.

Korxona o‘zining «B Jeans» brendiga ega. Bu yerda yiliga o‘rtacha 12,5 million dona “denim klassik” va “denim stretch” shimlari ishlab chiqarilmoqda. Yurtimizda ularning xaridori ko‘payib boryapti. 2020 yilda Buxoro, Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida savdo do‘konlari ishga tushirildi.

Kelgusida mamlakatimiz bo‘yicha 50 ta ana shunday do‘kon ochish mo‘ljallangan.

Eng asosiy maqsad esa tashqi bozorda o‘rin egallash. 2020 yilda 8,2 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Lekin bu birinchi qadamlar. Mamlakatimiz elchixonalari ko‘magida chet ellarda savdo nuqtalari tashkil etish rejalashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu orqali yiliga o‘rtacha 50-60 million dollar miqdorida valyuta tushumiga erishish mumkin.

“Bukhara Cotton Textile” korxonasida ishlab chiqarilayotgan jinsi matolari rangining tabiiyligi bilan ham ichki va tashqi bozorda ustunlikka ega. Buning uchun chet eldan indigofera o‘simligi urug‘i olib kelinib, 80 gektar maydonda yetishtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari mahsulotlar turini ko‘paytirish, dunyoga mashhur brendlar bilan hamkorlikda kiyimlar ishlab chiqarish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerda 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, yoshlar bandligini ta’minlash rejalari taqdimoti o‘tkazildi.

- Xalq ichida yurib, har bir yoshning muammosini eshitib, nazoratga olib, oxir oqibat hal etib bersak, vaziyat o‘zgaradi. Yoshlar ishlari agentligining asosiy vazifasi shu bo‘lishi kerak, - dedi Prezident.

Yoshlarni kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlikka o‘qitish, biznesi va hunarmandchiligini ochishga ko‘maklashib, bandligini oshirish choralari muhokama qilindi.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatimiz rahbari yirik klasterning to‘qimachilik korxonasini borib ko‘rdi