Davlat-xususiy sheriklik sohasini takomillashtirishga oid nizom tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
a) Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini dastlabki baholashdan o‘tkazish, tashabbus qilish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va kelishish tartibi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tender hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzish;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda yer uchastkalari va mulkiy komplekslarni taqdim etish;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritish, amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobotini taqdim etish;
b) Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom:
davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;
Davlat byudjeti hisobidan subsidiyalar va ssudalar ajratish, kredit liniyalarini ochish, shuningdek, byudjet tizimi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini ta’minlash tasdiqlandi.
Mazkur Nizom davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, xususiy sherikni tanlash, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritish, monitoring qilish hamda ularning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
Qarorga ko‘ra, Davlat-xususiy sheriklik jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zA