Davlat xizmatlari ko‘rsatish hajmi ortmoqda
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ochiqlik, tezkorlik va shaffoflikni ta’minlashga, fuqarolarning ortiqcha vaqt yo‘qotishining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
22 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazi orqali o‘tgan to‘qqiz oy davomida aholiga 869 ming 162 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali 142 ming 604 ta onlayn ariza kelib tushgan. Onlayn tartibda davlat xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda.
Bu ko‘rsatkich 2021 yilning to‘qqiz oyi davomida 85 mingga yaqin bo‘lsa, joriy yilda davlat xizmatlaridan onlayn tartibda foydalanish deyarli ikki barobarga ortgan. Ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 21 ming 47 tani tashkil etgan bo‘lsa, shundan 5 ming 61 tasi yuridik shaxslar, 15 ming 986 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 24 tani tashkil etdi.
Hududlarga chiqqan holda tashkil etilgan 623 ta sayyor tadbirlar davomida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga jami 34 ming 468 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Tuman markazlaridan uzoqda joylashgan hududlarda hamda aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, viloyatda Davlat xizmatlari markazining 8 ta filiali tashkil etilgan bo‘lib, yanvar-sentyabr oylarida ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar soni 14 ming 590 tani tashkil etdi.
Musajon Karimov,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi
O‘zA