Davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Toshkent shahrida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda Bulung‘ur, Qamashi, Xatirchi, Andijon, Davlatobod, Izboskan, Kogon, Zafarobod, Sariosiyo, Xo‘jayli, Quvasoy, Oqoltin, Yangiobod tumanlari hamda Urganch shahridan Agentlikning loyiha ofisi mas’ullari onlayn ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar, Elektron kooperatsiya portalidan ro‘yxatdan o‘tish, mahsulot va xizmatlarni joylashtirish tartibi, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbirda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi. Tadbirkorlar tomonidan taklif va e’tirozlar bildirildi. Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ullar biriktirilib, mavjud muammolarni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida uchrashuvlar davom etmoqda.

G.Boboyeva, O‘zA