Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionatining beshinchi kungi bahslari o‘z yakuniga yetdi.

“Tokio-2020” Olimpiadasi oldidan o‘tkazilayotgan so‘nggi IJF musobaqasining bugungi bahslari O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi. Jumladan, -90 kg vazn toifasida medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqqan yurtdoshimiz Davlat Bobonov finalga qadar yetib bordi.

Oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi bellashuvda Bobonov asli gruziyalik, hozir Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Nikoloz Sherazadishvili bilan kuch sinashdi.

Tajriba bobida ustunroq bo‘lgan ispaniyalik dzyudochi qo‘shimcha bo‘limdagi ochko evaziga bu safar ham g‘alaba qozondi. Davlat Bobonov esa jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi va ikki yil avval Sharofiddin Lutfullayev qayd etgan natijani takrorladi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Bobonov va Sherazadishvili ikki bora to‘qnash kelishgan va har ikki bahsda ham omad Nikolozga kulib boqqandi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston tarixida faqat birgina sportchi – uch karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘lgan Rishod Sobirov dzyudo bo‘yicha 2010 va 2011 yillarda o‘tkazilgan jahon chempionatlarida qatorasiga ikki bor oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat Bobonov Jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi!