Dasturxonimiz to‘kinligi yo‘lida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi 315 fermer xo‘jaligi va ikki agrofirma mirishkorlari ushbu mavsumda el dasturxoniga 100 ming tonnaga yaqin meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetkazib berishni rejalashtirgan.

– Tumanda bog‘dorchilikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Nukus tumani qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sulton Jamolov. – Joriy yili 61 gektar maydonda uzumzor va 50 gektar maydonda intensiv bog‘ yangidan barpo etildi.