Dardanel bo‘g‘ozida kema qatnovi to‘xtadi
Turkiya hukumati bugun kuchli tuman sababli Dardanel bo‘g‘ozining ikki tomoni ham kemalar uchun yopilganini e’lon qildi.
“Noqulay ob-havo sharoiti sababli mahalliy vaqt bilan 09.00 dan boshlab ikki tomonlama kema qatnovi to‘xtatiladi”, - deb axborot tarqatgan Sohil qo‘riqchiligi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
“Chanoq qala” deb ham ataladigan bu joy Yevropaning Bolqon yarim orolini Osiyo qit’asi bilan bog‘laydi. Bo‘g‘ozning uzunligi 60, eni 13-27 kilometr. Qadimda ushbu manzil “Gellespont” – yunoncha “Hellespontus” deyilgan.