Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi, «O‘rmonloyiha» loyihalash instituti va O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Toshkent viloyatida o‘rmon hududlarini raqamli va geoaxborot texnologiyalari yordamida o‘rganish bo‘yicha dala treningi tashkil etildi.

Kitob, Dehqonobod, Pop va Sirdaryo o‘rmon xo‘jaliklari mutaxassislari ishtirok etgan mashg‘ulotlarni FAO xalqaro maslahatchisi, kanadalik eksperti Nadiya Muratova olib bordi.  

GIS-texnologiyalari – o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini boshqarish jarayonlarini osonlashtiradigan vositadir. Uning yordamida olingan ma’lumotlar o‘rmonlarni elektron xaritada saqlash va doimiy yangilab borishni maqbullashtirishga imkon beradi. Zamonaviy dasturiy ta’minot o‘rmon ekotizimlarini yaxshiroq tahlil qilish, o‘rmon yerlarini inventarizatsiya qilish va monitoring ishlarini olib borish uchun ishlatiladi.  

O‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga raqamli texnologiyalar va GIS vositalarini joriy etish FAOning «O‘zbekiston tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish» loyihasining muhim vazifalaridan biridir. Loyiha Global ekologik jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilmoqda hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.  

Trening davomida ishtirokchilar o‘rmon hududlari atrofidagi o‘rmonlar va o‘simliklar, yerdan foydalanish turlari, o‘rmon resurslarining taksometrik xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot to‘plashning zamonaviy usullarini o‘rganishdi.  

Mutaxassislarga FAO tomonidan ishlab chiqilgan «Dala ishlari bo‘yicha qo‘llanma: sinov maydonlarida tekshirish va o‘lchash usullari» taqdim etildi. Bundan tashqari, trening ishtirokchilari dala kompyuteri, shaxsiy navigatsiya moslamalari, lazer masofa o‘lchagich va elektron «kaliper» kabi jihozlardan foydalanish bilan tanishdilar.  

O‘rmonlarni tahlil qilish bo‘yicha tavsiya etilgan zamonaviy usullari xalqaro hisobot standartlariga asoslanganligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarini Milliy inventarizatsiyasini o‘tkazishda samarali vosita bo‘lishi qayd etildi.  

B.Xudoyberdiyev,  

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dala ishlari bo‘yicha qo‘llanma: sinov maydonlarida tekshirish va o‘lchash usullari