Da Zhenxinning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risida
«O‘zbekcha va xitoycha maqollarning lingvistik tadqiqi» mavzusida
Da Zhenxinning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan «O‘zbekcha va xitoycha maqollarning lingvistik tadqiqi» mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasining himoyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2023-yil 6-iyul soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 4-qavat, 429-xona.
Tel: (90) 937-65-86;
e-mail: monitoring@navoiy-uni.uz