Chortoqda yangi turar-joylar barpo etilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chortoq tumanida aholini zamonaviy uy-joy bilan ta’minlashga qaratilgan qurilish ishlari izchil davom etmoqda.
Bugungi kunda tumanning to‘rt hududida jami 465 xonadondan iborat ko‘p qavatli turar-joylar barpo etilmoqda. Yangi uy-joylar aholining turar-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, tumanning zamonaviy me’moriy qiyofasini shakllantirish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
[gallery-30766]
Qurilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda. Foydalanishga topshiriladigan yangi xonadonlar yuzlab oilalarning uy-joy sharoitini yaxshilash imkonini yaratadi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA